Mobil qurilmalar uchun "RIZO GO" va "RIZO DRIVER" dasturlaridan foydalanishga litsenziyan kelishuvi
Dasturni ishlatishdan oldin, iltimos, quyidagi litsenziya kelishuvi shartlari bilan tanishib chiqing.
Dasturdan har qanday foydalanishingiz ushbu litsenziya kelishuvining shartlarini to'liq va shartsiz qabul qilishingizni anglatadi.
Agar siz litsenziya kelishuvi shartlarini to'liq qabul qilmasangiz, dasturdan hech qanday maqsadda foydalanish huquqiga ega emassiz.
Ushbu kelishuvda ishlatiladigan atamalar
RIZO HOLDING - "RIZO HOLDING" mas'uliyati cheklangan jamiyati, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo'yicha tashkil etilgan yuridik shaxs, quyidagi manzilda joylashgan: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Zulfiyaxonim ko'chasi, 12A-uy.
Foydalanuvchi - "RIZO GO va RIZO DRIVER" mobil ilovasidan foydalanadigan va RIZO HOLDING bilan akseptlash orqali kelishuv tuzgan jismoniy shaxs.
"RIZO GO va RIZO DRIVER" dasturi- mobil elektron qurilmalar uchun foydalanuvchilarga (yo'lovchilarga) O'zbekiston Respublikasi hududida shaharlararo yo'nalishlar bo'yicha safar qilish/yuk tashish so'rovlarini joylashtirishga, shuningdek foydalanuvchilarga (Hamkorlarga, haydovchilarga) ko'rsatib o'tilgan so'rovlarni qabul qilish/rad etishga ruxsat beruvchi dasturiy ta'minot; uning amaldagi versiyasi AppStore va Google Play Internet xizmatida huquq egasi tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, ularga "Internet" ommaviy axborot va telekommunikatsiya tarmog'ida tegishli ravishda itunes.apple.com va play.google.com tarmoq manzillari orqali kirish mumkin. Mobil ilova, shu jumladan, RIZO HOLDING operatori bo'lgan axborot tizimini ifoda etadi. Dasturga mutlaq huquq uni yaratgan RIZO HOLDING kompaniyasiga tegishli. Mobil ilovani o'rnatish uchun tizim talablari: iOS va Android.
Foydalanuvchini avtorizatsiya qilish- Mobil ilovaning funksional imkoniyatlaridan keyinchalik foydalanish uchun ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchini aniqlash maqsadida Mobil ilovada ushbu Kelishuvda belgilangan harakatlar to'plamini amalga oshirish.
Yordam xizmati- RIZO HOLDING xizmati bo‘lib, u haftada yetti kun, yigirma to'rt soat rejimida, dam olish va bayram kunlarisiz Foydalanuvchilarga maslahat ko‘magini beradi, shuningdek Dasturdan foydalanish jarayonida Foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatadi va ularni xabardor qiladi.
Yordam va maslahat berish Foydalanuvchi Yordam xizmatiga telefon yoki rizo.holding@gmail.com elektron pochtasi orqali murojaat qilganda, shuningdek Dasturdagi yordam xizmatida amalga oshiriladi
Qurilma - Mobil ilova o'rnatilgan iOS yoki Android operatsion tizimi asosida ishlaydigan, ommaviy axborot va telekommunikatsiya Internet tarmog'iga ulangan Foydalanuvchining mobil elektron qurilmasi (smartfon, mobil telefon).
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Litsenziya kelishuvi ("Litsenziya") mobil qurilmalar uchun RIZO GOva RIZO DRIVER ("Dastur") dasturidan (mobil ilova) foydalanish shartlarini belgilaydi va dasturdan foydalanadigan har qanday shaxs ("Foydalanuvchi") va "RIZO HOLDING" MCHJ ("Huquqi egasi") o'rtasida tuziladi.
1.2. Dasturni nusxalash, uni o‘zining mobil qurilmasiga o'rnatish yoki Dasturni biron-bir tarzda ishlatish orqali Foydalanuvchi Litsenziyaning barcha shartlariga to'liq va shartsiz roziligini bildiradi.
1.3. Dasturdan foydalanishga faqat ushbu Litsenziya shartlari asosida ruxsat beriladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to'liq qabul qilmasa, Foydalanuvchi dasturdan hech qanday maqsadda foydalanish huquqiga ega emas. Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan (bajarmagan) holda Dasturdan foydalanish taqiqlanadi.
1.4. Ushbu Litsenziya asosida Foydalanuvchi tomonidan Dasturdan shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish bepul amalga oshiriladi. Dasturdan ushbu Litsenziyada nazarda tutilmagan shartlar va usullarda foydalanish faqat Huquq egasi bilan alohida kelishuv asosida amalga oshirilishi mumkin.
1.5. Dasturdan foydalanib, siz quyidagi hujjatlar ushbu Dastur Litsenziyasining ajralmas qismi ekanligiga rozilik bildirasiz:
Ko'rsatilgan hujjatlar (shu jumladan ularning har qanday qismlari) Huquq egasi tomonidan hech qanday maxsus ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin. Hujjatlarning yangi tahrirlari, agar hujjat tahririning o'zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ular nashr etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2. Dasturga bo‘lgan huquqlar
2.1. Dasturni O'zbekiston Respublikasi hududida tarqatish huquqi Huquq egasiga tegishli.
3. Litsenziya
3.1. Huquq egasi oddiy (eksklyuziv bo'lmagan) litsenziya asosida Foydalanuvchiga butun dunyo mamlakatlari hududida Dasturdan quyidagi yo'llar bilan foydalanish bo‘yicha birovga berilmaydigan huquqni beradi:
- RIZO GO va RIZO DRIVER xizmatlaridan foydalanish shartlari quyidagi manzilda mavjud: havola,
- Maxfiylik siyosati quyidagi manzilda mavjud: havola.
- "RIZO GO va RIZO DRIVER" Yetkazib berish" xizmatidan foydalanish shartlari quyidagi manzilda joylashtirilgan: havola.
3.1.1. Dasturdan maqsadga muvofiq foydalanish, buning uchun uni nusxalash va Foydalanuvchining mobil qurilmasiga (qurilmalariga) o'rnatish (ijro qilish) kerak. Foydalanuvchi Dasturni cheksiz miqdordagi mobil qurilmalarga o'rnatish huquqiga ega;
3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarda o‘rnatish va tarqatish (bepul).
3.2. Dastur quyidagi nom ostida ishlatilishi kerak (shu jumladan tarqatilishi kerak): RIZO-GO. Foydalanuvchi Dastur nomini, mualliflik huquqini himoya qilish belgisini yoki Huquq egasining boshqa ko'rsatmalarini o'zgartirish va (yoki) o'chirishga haqli emas.
3.3.Dasturdan to'liq foydalanish uchun Foydalanuvchi uyali telefon raqami va Dastur interfeysidagi tegishli oynaga telefon raqamini kiritgandan so'ng olingan parol yordamida Dasturda avtorizatsiyadan o‘tishi zarur.
3.4.Avtorizatsiya ekranida avtorizatsiya qilinganidan so'ng, Foydalanuvchi ushbu Kelishuvga rioya qilgan holda Dasturdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
3.5.Avtorizatsiya ekranida avtorizatsiya qilingan shaxs ushbu avtorizatsiya natijasida foydalanish va boshqarish huquqiga ega bo'lgan Dasturning tegishli egasi hisoblanadi. Login va parol Dasturda avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Bunday ma'lumotlarni bir necha marta noto'g'ri kiritish Dasturni vaqtincha bloklanishiga olib kelishi mumkin. Agar Foydalanuvchi aksini isbotlamagan bo'lsa, uning mobil qurilmasidan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday harakatlar tegishli Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Agar uning mobil qurilmasiga ruxsatsiz kirilgan bo'lsa, Foydalanuvchi bu haqda darhol Huquq egasiga xabar berishi shart.
3.6.Agar noto'g'ri kiritilgan uyali telefon raqami va boshqa sabablarga ko'ra avtorizatsiya qilishning iloji bo'lmasa, Foydalanuvchi, kirishni mustaqil ravishda tiklash uchun Kelishuvda nazarda tutilgan shartlarni bajarishdan tashqari, Huquq egasining yordam xizmatiga murojaat qilish huquqiga ega. Dasturga kirishni tiklash usullari Huquq egasi tomonidan bir tomonlama o'zgartirilishi, bekor qilinishi yoki to'ldirilishi mumkin.
3.7. Huquq egasi dasturning kecha-kunduz ishlashini ta'minlash uchun tijoriy asoslangan sa’y-harakatlarni amalga oshiradi, ammo texnik nosozliklar, profilaktika ishlari bilan bog'liq uzilishlar bo‘lmasligiga kafolat bermaydi. Huquq egasi dastur yoki uning har qanday elementlari kelajakda istalgan vaqtda ishlashiga yoki ular ishlashni to'xtatmasligiga kafolat bermaydi.
4. Cheklovlar
4.1. Ushbu litsenziyada to'g'ridan-to'g'ri ko'zda tutilgan hajmlarda va usullarda foydalanishdan tashqari, Foydalanuvchi Dasturda ishlatiladigan algoritmlarni realizatsiya qilish to'g'risida ma'lumot olish maqsadi bo‘lgan Dasturning obyektli kodlarini o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, dizassemblyatsiya qilish, shifrini o‘zgartirish va boshqa harakatlarni amalga oshirish, Dasturdan foydalangan holda hosilalarni yaratish, shuningdek Dasturdan, Dasturning har qanday komponentlaridan, kartalardan va boshqa tasvirlardan va Dastur Foydalanuvchining mobil qurilmasida saqlab qo‘yadigan boshqa ma’lumotlardan Huquq egasining yozma roziligisiz foydalanish huquqiga ega emas.
4.2. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni tijorat maqsadlarida (shu jumladan haq evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to'plamlari tarkibida o‘rnatish va tarqatish huquqiga ega emas.
4.3 Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni qabul qilganidan boshqa shaklda tarqatish huquqiga ega emas.
4.4 Dastur ko'rsatmalarini, algoritmlarini, uning ishlash mexanizmini va dizaynini nusxalash taqiqlanadi.
4.5.Dasturga ko‘rsatmalarda ko'rsatilganidan boshqa har qanday usulda kirish, ya'ni uni buzish, ishchi mexanizmlariga zarar yetkazish, kodlash tizimini o'zgartiradigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
5. Maxsus qoidalar
5.1. Dasturning ba'zi funksiyalarini faqat Internetga kirish imkoniyati bo'lganda bajarish mumkin. Foydalanuvchi bunday kirishni o'z aloqa operatori yoki Internet tarmog‘iga kirish provayderi shartlari va tariflari bo'yicha mustaqil ravishda oladi va to'laydi.
5.2. Dastur Foydalanuvchiga Foydalanuvchining yo'lovchilar va yuklarni tashish xizmatlariga bo'lgan potensial talabi to'g'risida ma'lumot joylashtirish, shuningdek, ushbu sohada xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarning takliflari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishish va Foydalanuvchi tomonidan belgilangan parametrlar bo'yicha bunday takliflarni izlash imkoniyatini taqdim etadi.
5.3. Dastur doirasida Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ma'lumotlar (bundan buyon matnda "Ma'lumotlar" deb yuritiladi) Huquq egasining hamkorlari tomonidan taqdim etiladi. Taklif etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot olish uchun (shu jumladan taksi mashinasida Wi-Fi ulanish nuqtasi mavjudligi, Huquq egasining hamkorlari tomonidan taksi mashinasida fotosurat/video suratga olish yoki boshqa ma'lumotlar) Foydalanuvchi Huquq egasining hamkorlariga murojaat qilishi yoki Dasturning funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda aloqa ma'lumotlarini taqdim etishi mumkin, u Huquq egasining hamkorlari tomonidan Foydalanuvchi bilan mustaqil aloqa o'rnatish va unga taqdim etilayotgan xizmatlar to'g'risida ma'lumot berish uchun ishlatilishi mumkin.
5.4. Huquq egasi hamkorlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning mazmuni va (yoki) dolzarbligi, shu jumladan hamkorlar xizmatlarining narxi, shuningdek ularning hozirgi paytda mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar uchun javobgar emas.
5.5. Foydalanuvchilarning xizmatlarni sotib olish bo'yicha hamkorlar bilan o'zaro munosabatlari Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda (Huquq egasining ishtirokisiz) hamkorlar tomonidan qabul qilingan xizmatlarni taqdim etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
5.6. Huquq egasi Foydalanuvchi va hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va boshqa operatsiyalar, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan hamkor xizmatlarini sotib olishning har qanday oqibatlari uchun javobgar bo'lmaydi.
5.7. Foydalanuvchi Huquq egasi Foydalanuvchining shaxsiy axborotlarini (shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarni) qayta ishlashi, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini Huquq egasining hamkorlariga berishi va Huquq egasining hamkorlari Dastur doirasida Foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish maqsadida shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashlari mumkinligiga rozi bo‘ladi. Foydalanuvchi Dasturdan foydalanganda uning shaxsiy ma'lumotlari "RIZO HOLDING" MChJga (manzil_______) "RIZO HOLDING" MChJning Maxfiylik siyosati bilan belgilangan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun yuboriladi, manzili: havola.
5.8. Shu bilan Foydalanuvchi xabardor qilinadi, tushunadi va Dastur Dasturdan foydalanish bo'yicha shaxssizlashtirilgan statistik ma'lumotlarni to'plashi va ushbu ma'lumotlarni Huquq egasiga avtomatik ravishda uzatishi mumkinligiga rozi bo'ladi.
5.9. Dasturni ro'yxatdan o'tkazish va undan foydalanish uchun Foydalanuvchining mobil telefon raqamini ko'rsatish zarur. Foydalanuvchi tomonidan Foydalanuvchining mobil qurilmasi xotirasidan Dastur o'chirilganda, RIZO HOLDING tomonidan Foydalanuvchi mobil raqami va Dasturdan foydalangan holda Dasturda avtorizatsiya qilishda olingan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari Servisda 1 (bir) yil davomida saqlanib turadi. Dasturni qurilmaga qayta o'rnatganda va identifikator sifatida xuddi shu mobil telefon raqamidan foydalangan holda ro'yxatdan o'tishda, ko'rsatilgan mobil telefon raqamidan foydalangan holda taqdim etilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari to'liq tiklanadi.
5.10. Shubhalarni oldini olish uchun RIZO HOLDING yo'lovchilar va yuklarni tashish va axborot-dispetcherlik xizmatlarini ko'rsatmaydi.
6. Litsenziya bo'yicha javobgarlik
6.1. Huquq egasi Foydalanuvchiga Dasturni, shuningdek Dasturda mavjud bo'lgan har qanday ma'lumotni boricha ("as is") hech qanday kafolatsiz taqdim etadi. Huquq egasi Dasturning yoki uning alohida komponentlarining va/yoki funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashiga, Dasturning aniq maqsadlarga va/yoki funksiyalarga mos kelishiga, Dastur Foydalanuvchining ma'lum maqsadlariga, kutganlariga mos kelishiga hech qanday kafolat bermaydi, shuningdek ushbu Kelishuvda aniq ko'rsatilmagan boshqa kafolatlarni bermaydi.
6.2. Huquq egasi dasturdan (shu jumladan Ma'lumotlardan) foydalanish yoki undan foydalanishning mumkin emasligi va (yoki) Foydalanuvchiga va (yoki) uchinchi shaxslarga Dasturdan (shu jumladan Ma'lumotlardan) yoki uning alohida komponentlaridan va (yoki) funksiyalaridan foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan Dasturda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatolar yoki nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning bevosita yoki bilvosita oqibatlari uchun javobgar bo'lmaydi, qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.3. Ushbu Kelishuv bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Huquq egasi ushbu Kelishuvga va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
6.4. Huquq egasi Foydalanuvchining shaxsiy profilidan yoki Foydalanuvchining aybi bilan boshqa yo'llar bilan olingan shaxsiy ma'lumotlar uchun javobgar bo'lmaydi.
6.5. Huquq egasi unga bog'liq bo'lmagan sabablar, shuningdek yengilmas kuch holatlari tufayli Foydalanuvchining to'lovlarini qabul qilish va o'tkazishni ta'minlaydigan to'lov tizimlarining vaqtincha ishlamay qolishi uchun javobgar bo'lmaydi.
6.6. Uchinchi shaxslar Foydalanuvchining qurilmasidan turib Dasturdan foydalanganligi uchun Huquq egasi javobgar bo‘lmaydi, shuning uchun Foydalanuvchi qurilmasidan qilingan barcha harakatlar Foydalanuvchining harakatlari deb hisoblanadi. Agar biron bir shaxs Foydalanuvchi Hisobi ostidagi Dasturga kirish huquqini va undan Foydalanuvchi nomidan foydalanish imkoniyatini olsa, Foydalanuvchi bu haqda darhol Huquq egasiga yozma ravishda (elektron pochta orqali) yoki yordam xizmatiga murojaat qilishi shart. Aks holda, Dastur yordamida Foydalanuvchi nomidan qilingan barcha harakatlar to'g'ridan-to'g'ri Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar sifatida qabul qilinadi.
6.7. Huquq egasi Foydalanuvchini ogohlantirmasdan Dasturga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Huquq egasi Dasturning vaqtincha ishlamay qolishi yoki Dasturda yuzaga kelgan har qanday vaqtinchalik xatolar uchun javobgar bo‘lmaydi. Shuningdek, Foydalanuvchi telefonida joylashgan kontaktlarni marketing maqsadlarida saqlash, ammo Foydalanuvchi kontaktlari to'g'risidagi ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik.
6.8. Har qanday uchinchi shaxslarning harakatlari, shuningdek to'lov tizimlari, aloqa operatorlarining harakatlari Huquq egasining harakatlari deb hisoblanmaydi va Huquq egasi ular uchun javobgar bo'lmaydi. Agar Kelishuv shartlarini buzish yengilmas kuch holatlari (fors-major) ta'siridan, shu jumladan quyidagilardan kelib chiqsa, Huquq egasi buning uchun javobgar bo‘lmaydi: davlat hukumati va/yoki mahalliy hokimiyat organlarining harakatlari va qarorlari, yong'in, toshqin, zilzila, boshqa tabiiy ofatlar, elektr energiyasining yo‘qligi va/yoki kompyuter tarmog'ining ishlamay qolishi, ish tashlashlar, fuqarolik tartibsizliklari, tartibsizliklar, Huquq egasining ushbu Kelishuv shartlarini bajarishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan boshqa holatlar.
6.9. Agar Huquq egasining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi Foydalanuvchining Huquq egasining nazorati ostida bo'lmagan xatti-harakatlari/ harakatsizligi, shu jumladan Foydalanuvchining noto'g'ri xatti-harakatlari/harakatsizligi natijasida yuzaga kelsa, Huquq egasi buning uchun javobgar bo'lmaydi.
6.10. Huquq egasi Foydalanuvchi va mijoz (yo'lovchi) o'rtasidagi munosabatlarda ishtirok etmaydi.
6.11. Huquq egasi Foydalanuvchi va mijoz (yo'lovchi) o'rtasidagi pul munosabatlari va o'zaro narx kelishuvlarida ishtirok etmaydi va Foydalanuvchi/mijoz (yo'lovchi) tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo'lmaydi.
6.12. Foydalanuvchi Dasturda yoki uning yordami bilan joylashtirgan, uzatgan va/yoki foydalanadigan ma'lumotlar uchun mustaqil ravishda shaxsiy javobgar bo‘ladi. Huquq egasiga uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganligi to'g'risida da'volar taqdim etilgan taqdirda, shuningdek vakolatli davlat organlaridan Foydalanuvchi axborotni joylashtirishi, undan foydalanishi, uzatishi tufayli amaldagi qonunchilik buzilganligi to'g'risida tegishli so'rovlar olingan taqdirda va/yoki tegishli xavflar yuzaga kelganda, Huquq egasi tegishli axborotni olib tashlash huquqiga ega.
6.13. Dastur yoki Ma'lumotlardan foydalanish/foydalana olmaslik, shuningdek Dastur yoki Ma'lumotlar tomonidan qonunchilik va (yoki) uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganligi bilan bog'liq barcha masalalar va da'volar qayta aloqa shakli orqali quyidagi manzilga yuborilishi kerak rizo.holding@gmail.com
6.14. Ushbu Litsenziya va Dasturdan foydalanish bilan bog'liq barcha munosabatlar O'zR qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
7. Dasturning yangilanishlari/yangi versiyalari
7.1. Ushbu Litsenziyaning harakatlari Dasturning keyingi barcha yangilanishlari/yangi versiyalariga amal qiladi. Dasturning yangilanishi/yangi versiyasini o'rnatishga rozilik berib, Foydalanuvchi ushbu Dasturning tegishli yangilanishlari/yangi versiyalari uchun Litsenziya shartlarini qabul qiladi, agar Dasturning yangilanishi/yangi versiyasi boshqa Litsenziya kelishuvi bilan kuzatilmasa.
8. Ushbu Litsenziya shartlarini o'zgartirish
8.1. Ushbu Litsenziya kelishuvi Huquq egasi tomonidan bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin. Ushbu Litsenziya shartlariga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risida Foydalanuvchiga xabarnoma havolada keltirilgan. Litsenziya kelishuvi shartlarida ko'rsatib o'tilgan o'zgartirishlar, agar tegishli Nashrda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, ular Nashr qilingan sanadan e'tiboran kuchga kiradi.
9. Huquq egasining rekvizitlari
"RIZO HOLDING" mas'uliyati cheklangan jamiyati
Manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko'chasi, 44A-uy.
STIR 311 109 687
Biz bilan bog'lanish uchun, iltimos, RIZO HOLDING funksionalidan foydalaning.
Yangi tahrir kuchga kiradigan sana: 21.04.2025
Комментариев нет:
Отправить комментарий