Rizo Go va Rizo Driver MAXFIYLIK BILDIRISHNOMASI
Bizning mobil va veb-ilovamiz (keyingi oʻrinlarda ikkovi ham “ilova” deb yuritiladi) hamkorlarimiz va kompaniyalarimizga tashish va yetkazish xizmatlarini buyurtma qilish imkonini beradi.
Rizo Go va Rizo Driver ilovasi O’zbekistonda oʻz ofisiga ega va ofis Toshkent shaxrida joylashgan “RIZO HOLDING” IT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
1. BIZ BILAN QANDAY BOGʻLANISH MUMKIN?
1. Texnik qo’llab-quvvatlash xizmati orqali maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha biz bilan aloqaga chiqish mumkin
2. Mobil ilovamizda tizimga kirilganidan keyin yordam xizmatimiz bilan bogʻlanish mumkin. Tizimga kirishingiz sizni identifikatsiya qilishimizga imkon beradi.
2. SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZNI KIM QAYTA ISHLAYDI?
1. Shaxsiy maʼlumotlaringiz mamlakatingizda ushbu xizmatni taqdim etuvchi kompaniya tomonidan qayta ishlanadi:
Ushbu kompaniyalar “kontroller” sifatida amaldagi qonunchilikka muvofiq ish yuritadi va shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari va vositalarini belgilaydi.
Ilovamizda yagona identifikatsiya vositasi qoʻllaniladi. Roʻyxatdan oʻtgach, biz faoliyat koʻrsatadigan istalgan mamlakatda ilovamizdan foydalanishingiz mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringiz boshqa ilovalarimizga uzatilmaydi, toki siz ulardan foydalanishni boshlamaguningizcha.
3. QAYSI SHAXSIY MAʼLUMOTLAR QAYTA ISHLANADI, QANDAY VA NIMA UCHUN?
1. Biz qayta ishlaydigan maʼlumotlar toifalari, ularning manbasi va qayta ishlash maqsadlari:
2. Bizga bevosita taqdim etadigan maʼlumotlaringiz ilovaning toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Bu maʼlumotlarsiz buyurtma berish, toʻlov qilish yoki boshqa funksiyalardan foydalanish imkonsiz.
3. Kompaniyalarimiz guruhi aʼzolari tomonidan taqdim etilgan ilovada foydalanadigan autentifikatsiya vositasi orqali yoki bizning marketing agentliklarimizdan olingan ilova bilan oʻzaro aloqangiz natijasida olingan maʼlumotlar huquqlaringizga rioya qilishda qonuniy manfaatlarni taʼminlash uchun ishlatiladi.
4. Marketing tanlovlari yoki istalgan boshqa tadbirlarda ishtirokingizni taʼminlash uchun maʼlumotlardan foydalanishga sizning roziligingizni soʻrashimiz mumkin.
Har qanday holatda ham siz maʼlumotlarning toʻplanishi va toʻplash maqsadi haqida xabardor qilinasiz. Biz bilan aloqaga chiqib, istalgan vaqtda oʻz roziligingizni qaytib olishingiz mumkin.
Siz bunday rozilik bermaslikka haqlisiz va bu ilovalarimizdan foydalanish imkoniyatingizga taʼsir qilmaydi.
5. Favqulodda tibbiy yordam yoki pandemiya kabi istisnoli holatlarda muhim jamiyat manfaatlari sababli sizning yoki uchinchi shaxslarning hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi jamoat manfaatlari yuzasidan maʼlumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin.
6. Biz firibgarlikka qarshi himoya tizimlarimizda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlashdan foydalanamiz, ular ilovadagi faolligingizni avtomatik tarzda aniqlaydi va maʼlum funksiyalarni yoki buyurtma berish imkoniyatlarini bloklaydi. Bu siz va bizning oʻrtamizdagi kelishuv amalga oshirishda sizning hisobingiz va bizning moliyaviy manfaatlarimizni, shuningdek, hamkorlarimiz va uchinchi tomonlarning moliyaviy manfaatlarini operativ tarzda himoya qilish uchun qilinadi.
Agar tizimlarimiz xatolikka yoʻl qoʻygan deb hisoblasangiz, biz bilan bogʻlaning.
7. Maʼlumotlaringizni ularni qayta ishlash maqsadlariga erishilmagunicha qayta ishlashda davom etamiz. Biz maʼlumotlaringizni qayta ishlashni bunday amaliyot qonunchilikka asosan talab qilinsa yoki bizning huquqlarimiz va manfaatlarimiz, shuningdek, uchinchi shaxslar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishi uchun zarur boʻlsa davom ettiramiz.
Masalan, buyurtmaga oid maʼlumotlar zaruriy daʼvo muddati oʻtguniga qadar saqlanadi.
8. Yordam xizmatimiz, shuningdek haydovchilar, kuryerlar yoki yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan telefon suhbatlari, agar ular ilovada yoki ilovada koʻrsatilgan kontakt maʼlumotlari orqali olib borilgan boʻlsa yozib olinadi.
Yozuvlar nizolar va sud daʼvolari kontekstida, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmat sifatini nazorat qilish uchun qoʻllanishi mumkin.
Mijozning haydovchi, kuryer yoki yetkazib beruvchi bilan olib borgan suhbatlarining yozuvi 30 kun davomida, yordam xizmati bilan olib borgan suhbatlarining yozuvi esa 3 oy davomida saqlanadi. Ularga faqat vakolatli xodimlarimiz kira oladi.
4. SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZ UZATILADIMI?
1. Shaxsiy maʼlumotlaringiz faqat quyidagi tomonlarga uzatiladi:
(a) Ilovada xizmatlarni taqdim etishga bevosita hissa qoʻshadiganlar:
Buyurtmangizni olish va qayta ishlashda ishtirok etuvchi, shuningdek, xuddi shu maqsadlarda dasturiy yechimlarni taqdim etuvchi hamkorlarimiz; autentifikatsiya vositalarini taqdim etuvchi affillangan shaxslar va maʼlumotlarni qayta ishlovchi markazlar; va mijozlarni qoʻllab-quvvatlashda bizga yordam beruvchi kompaniyalar.
(b) Quyidagilar qonunchilikka asosan maʼlumotlaringizni olish huquqiga ega:
Masalan, agar huquqni muhofaza qilish organlari bunga haqli boʻlsa.
(c) Quyidagilar ilovamizni yaxshilashga yordam berishadi:
Reklama yoki qurilma identifikatorlari bizga reklama yoki tahliliy xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalarga uzatilishi mumkin. Xizmatlarimizdan foydalanish vaqtida yuzaga keladigan texnik xatolarga oid axborot ilovalarimizni ishlab chiqishda ishtirok etadigan affillangan shaxslarga uzatiladi.
2. Biz maʼlumotlaringizni uzatadigan tomonlar turli mamlakatlarda joylashgan boʻlishi mumkin.
Bu mamlakatlarning ayrimlarida maʼlumotlar yoki maʼlumot subyeklari huquqlarining himoya darajasi ilova taqdim etilgan mamlakatdagi bilan bir xil boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda uzatish davomida va undan keyin huquqlaringizga rioya qilinishi va shaxsiy maʼlumotlaringiz himoyasini taʼminlash uchun zaruriy amaliyotlarni bajaramiz. Bunday tartib-qoidalar (1) tegishli organlar tomonidan tuzilgan maʼlumotlarni uzatish boʻyicha standart shartnoma bandlariga asoslangan maʼlumotlarni himoya qilishga oid shartnomalar doirasidagi majburiyatlarni va/yoki (2) maʼlumotlaringiz uzatilayotgan mamlakatning mahalliy qonunchiligini baholashimizga asoslangan qoʻshimcha shartnoma majburiyatlarini hamda/yoki (3) maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha vakolatli organdan roʻyxatdan oʻtkazish yoki uzatish ruxsatini oʻz ichiga olishi mumkin.
5. OʻZ HUQUQLARINGIZNI QANDAY HIMOYA QILA OLASIZ?
1. Kirish ruxsati
Siz doim oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizga kira olasiz. Autentifikatsiya vositasi yordamida ilovaga kirganingizdan keyin sizda buyurtmalaringiz tarixi, (hisob va bank maʼlumotlaridan) foydalanish imkoniyati mavjud boʻladi. Agar autentifikatsiya uchun foydalanuvchi ismi (login) va parolidan foydalanadigan boʻlsangiz, barcha maʼlumotlaringizning nusxasini olishingiz mumkin. Siz, shuningdek, hisobingizga foydalanuvchi ismi (login) va parolni qoʻshsangiz, telefon raqami, ism-familiya bilan kirish uchun shu havoladan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun menyu (ilovaning yuqori chap burchagi) – ismingiz – telefon raqamingizga bosing, keyin ekrandagi koʻrsatmalarni bajaring.
2. Tuzatish
Autentifikatsiya vositasi yordamida ilovaga kirganingizdan keyin ilovada shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻgʻrilashingiz mumkin. Agar ilovada maʼlumotlarni toʻgʻrilab boʻlmasa, yordam xizmatiga murojaat qiling.
3. Oʻchirish
Autentifikatsiya vositasi yordamida ilovaga kirganingizdan va hisobingizga foydalanuvchi ismi (login) va parolini qoʻshganingizdan keyin shaxsiy maʼlumotlaringizni ilovadan oʻchira olasiz (yoki hisobingizni umuman oʻchirib yuborishingiz mumkin).
Agar siz autentifikatsiya vositamizning eski versiyalaridan foydalanayotgan boʻlsangiz (faqat telefon raqami orqali), iltimos, ilova orqali barcha shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirish uchun bizga soʻrov yuboring. Buning uchun menyu (ilovaning yuqori chap burchagi) – yordam xizmatini bosing va soʻrov mavzusini tanlang.
Biz muayyan maʼlumotlarni, jumladan, qonunchilikka asosan yoki manfaatlarimizning himoyasi, xususan, sud ishlari uchun saqlanishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni siz ularni ilovadan olib tashlaganingizdan soʻng qoldirishimiz zarur. Maʼlumotlarni oʻchirish imkoniyati soʻz va axborot erkinligiga oid qonun yoki qoidalar bilan cheklanishi mumkin.
4. Qayta ishlashni cheklash
Siz muayyan holatlarda shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishini cheklash huquqiga egasiz. Masalan, agar shaxsiy maʼlumotlaringizni tuzatmoqchi boʻlsangiz, ushbu maʼlumotlar tuzatilguniga qadar maʼlumotlaringizning qayta ishlanishi cheklash uchun yordam xizmatiga soʻrov yuborishingiz mumkin. Iltimos, jarayonni boshlash uchun yordam xizmatimiz bilan bogʻlaning.
5. Eʼtiroz
Shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishi huquqlaringizni buzadi deb hisoblasangiz, bunga eʼtiroz bildirish huquqiga egasiz. Eʼtiroz bildirish huquqidan faqat sizning maʼlumotlaringizni qonuniy manfaatlarimiz asosida qayta ishlaganimizdagina foydalanish mumkinligini inobatga oling.
6. Shikoyatlar
Biz shikoyat va takliflaringizni koʻrib chiqishga doim tayyormiz. Ularni yordam xizmatimizga yuborishingiz mumkin.
Bundan tashqari, huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, tegishli nazorat organiga shikoyat yoʻllashingiz mumkin.
7. Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash
Yordam xizmatimiz bilan ilovalarimiz orqali bogʻlanishingiz mumkin.
6. BU HUJJATGA QAY TARZDA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILADI?
1. Agar ushbu Maxfiylik bildirishnomasiga sizning huquqlaringizga jiddiy taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar kiritiladigan boʻlsa, biz sizni har qanday mavjud vositalar (ilovadagi push-bildirishnomalar, SMS yoki email) orqali xabardor qilishimiz mumkin.
Misol uchun, agar biz qayta ishlanadigan maʼlumotlarning yangi toifalarini yoki maʼlumotlarni qayta ishlashning yangi maqsadlarini qoʻshsak. Bu kabi har qanday oʻzgartirishlar kuchga kirishidan avval sizga bildirishnoma yuboriladi.
Nashr qilingan sana:
Комментариев нет:
Отправить комментарий